“Real” hammani aldadimi?

  • 07.07.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoga “Chelsi”dan Enzo Fernandez olib kelish bo‘yicha ish olib borilayotganini inkor qilib, bayonot  bergan edi.

Ammo omma e’tiboriga havola etilgan transferni rad etish bayonotiga qaramay, “Qirollik klubi” mutsaddilari yarim himoyachisi Enzo Fernandez vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, dastlabki muloqotlardan keyin muzokaralar davom etmagan. “Real” rahbariyati argentinalik futbolchini yuqori baholasa-da, u endi klubning asosiy transfer maqsadlari qatoriga kirmaydi.

Shuningdek, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ham madriddliklar uchun real transfer varianti sifatida ko‘rilmayapti.

25 yoshli Enzo Fernandez o‘tgan mavsum 54 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!