"Real" himoychisiga zo'r xaridor chiqdi
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Xoan Martinesga «Valensiya» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
18 yoshli futbolchi Ispaniyada eng istiqbolli yosh himoyachilardan biri sifatida baholanadi. Shunga qaramay, u hali asosiy jamoa safida debut qilmagan, hozircha uning barcha o‘yin amaliyoti «Kastilya» tarkibida to‘planmoqda.
Marca nashri xabariga ko‘ra, «Valensiya» yosh ispanialikni kelayotgan mavsum oxirigacha ijaraga olish rejasini ko‘rib chiqmoqda.
Xoan Martines professional yo‘lini Valensiya shahrida joylashgan «Levante» akademiyasida boshlagan. O‘tgan mavsumda u «Real»ning ikkinchi jamoasi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy himoyachining bozor qiymati 5 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar