
“Real” Husanovning jamoadoshini olib ketmoqchi
“Manchester Siti” tarkibni yoshartirish siyosatini boshlab yuborgan. Bu jarayonda yoshi o‘ttizdan o‘tgan futbolchilarning o‘rniga iste’dodli navqiron ijrochilar olib kelinadi.
Shu sababdan 30 yoshli Bernardu Silvaning nomi ham klubdan ketadiganlar orasida tilga olinmoqda.
Defensa Central nashrining yozishicha, portugaliyalik hujumkor futbolchi atrofidagi vaziyatni “Real” jiddiy tarzda kuzatib boryapti.
Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olgan madridliklar tajribali o‘yinchini arzonroq narxda qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
“Qirollik klubi” mutasaddilari Bernardu Silva yarim himoya chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Joriy mavsumda Silva barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga uchta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi. Transfermarkt portali bu futbolchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar