“Real” kutilmagan murabbiy olib kelib, hammani hayratga solmoqchi

  • 7 aprel, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” La Liganing navbatdagi turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Valensiya”dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Karlo Anchelottiga bosim oshib bormoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” yaqin kelajakda italiyalik mutaxassis o‘rnini bosa oladigan boshqa murabbiy qidirayotganiga ancha bo‘ldi. Anchelottining kursisi Xabi Alonso, Zinedin Zidan yoki Yurgen Kloppga topshirilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Madridliklar so‘nggi pallada kutilmagan murabbiy nomzodini ilgari sura boshladi.

TodoFichajes nao‘rining ma’lum qilishicha, “Real” bosh murabbiylikka ayni paytda “Napoli”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Antonio Konteni tayinlash masalasini ko‘rib chiqyapti.

“Real” mutasaddilari Antonio Konte targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubi ma’qul kelayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!