«Real Madrid» Manuel Lokatelligа jiddiy qiziqmoqdа
Madridning "Real" jamoasi Turinining "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelliga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati 28 yoshli italyalik yarim himoyachi nomzodini "Manchester Siti" futbolchisi Rodri bo‘yicha muzokaralar samarasiz yakunlangandan so‘ng ko‘rib chiqa boshlagan. Shu bilan birga, "Yuventus" rahbariyati jamoaning muhim o‘yinchilaridan biri hisoblangan Lokatellini arzon narxga qo‘yib yuborish niyatida emasligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turin klubi aprel oyida Lokatelli bilan tuzilgan shartnomani oldindan uzaytirib, uni 2030 yil yozigacha amal qilishini ta’minlagan edi. Yarim himoyachi 2021 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Nemisning nufuzli Transfermarkt internet-portali futbolchining joriy bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar