“Real” Mbappedan zo‘rini topdi

  • 24.09.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati kelasi yoz jamoa hujum chizig‘ini kuchaytiradigan o‘yinchi oladi. Asosiy nishon sifatida Kilian Mbappe belgilangan.

Biroq 24 yoshli frantsiyalik forvard Madridga kelmasligi ham mumkin. Shu bois, “Qirollik klubi”  boshqa hujumkor futbolchilarni ham ro‘yxatga kiritgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” mutasaddilari “Borussiya” vakili Yussuf Mukokoni Madridga olib kelmoqchi.

18 yoshli futbolchining dortmundliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha davom etadi. Bu o‘yinchining transfer summasi 30 million evro atrofida baholanmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!