
“Real” Mbappeni tanladi, Vinisius ketadi
“Real” baribir hujum chizig‘ida kimdandir voz kechishiga to‘g‘ri kelmoqda. Yangi o‘yinchi Kilian Mbappega hujum markazida o‘ynash yoqmayapti.
Frantsiyalik futbolchi chap qanot hujumchisi hisoblanadi. Madridliklar safida bu qanotni Vinisius Junior o‘ziniki qilib olgan. Ikki qimmatbaho futbolchini zaxirada ham olib o‘tirib bo‘lmaydi, bir vaqtning o‘zida ikkisini ham bir pozitsiyada o‘ynatishning imkoni yo‘q.
Jurnalist Manuel Korreno va Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar yangi loyihaning asosiy figurasi sifatida Kilian Mbappeni tanlagan va tarkibni aynan frantsiyalik hujumchi atrofida shakllantirishga qaror qildi.
Shu bois “Qirollik klubi” kelasi yoz Vinisius Juniorni sotib yuboradigan bo‘lyapti.
Braziliyalik futbolchiga anchadan beri saudiyaliklar xaridor. Ular Vinisius Junior ishtirokida juda katta loyiha boshlashni rejalashtirgan. Mohir hujumchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa, Professional ligada eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.
Fikrlar