“Real” mendan faqat o‘ldirib qutiladi

  • 30 iyun, 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchisi Federiko Valverde o‘ziga boshqa klublardan bo‘layotgan chorlovlarga e’tibor qaratmasdan faqat Madrid superklubida to‘p tepmoqchi ekanini o‘zgacha usulda ta’kidladi.

Tecno

- Men hech qachon “Real”dan ketmayman. Agar klub xayrlashmoqchi bo‘lsa, meni o‘ldirishiga to‘g‘ri keladi, - dedi urugvaylik yarim himoyachi Valverde.

26 yoshli Federiko Valverde “Real”da 2018 yildan beri o‘ynab keladi. Tomonlarning hamkorlik shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

O‘tgan mavsum La Ligada 36 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘lgan Federikoning transfer narxi 130 million evroga baholanmoqda. Bu futbolchi “Real” tarkibidagi eng muhim o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!