"Real" muxlislari uchun xushxabar

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jarohatidan forig‘ bo‘ldi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. 18 yoshli futbolchi mart oyi avvalida jarohat olgan edi.

Braziliyalik futbolchi 5 may kuni "Vilyarreal"ga qarshi kechadigan bellashuvda maydonga tushishi mumkin. Ma’lumot uchun, Vinisius joriy yilgi mavsumda "qirollik klubi" tarkibida 33 bahsda maydonga tushdi va 7 ta gol kiritib, 13 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!