"Real" "quturadigan" payt keldi
"Real" mag‘lubiyatsiz seriyasini 6 ta o‘yinga etkazdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 12-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bellashuvda "Valensiya"ni mag‘lub etishdi (2:1). Madridliklar uchrashuvning 85-daqiqasida 0:1 hisobida ortda borayotgandi va 79-daqiqadan so‘ng Vinisiusni chetlashtirilishidan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qolishgandi.
Barcha turnirlardagi so‘nggi 6 uchrashuvda "Real" 5 ta g‘alaba qayd etdi va "Rayo Valekano" bilan durang o‘ynadi (3:3).
Madridliklar so‘nggi mag‘lubiyatni 4 dekabr kuni "Atletik" bilan o‘yinda qabul qilib olishdi (1:2).
Fikrlar