“Real” Rodri bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi
Madridning “Real” klubi rahbariyati “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes boʻyicha oʻz qarorini oʻzgartirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq madridliklar 2024 yildgi “Oltin toʻp” sohibi Rodrini sotib olishni rejalashtirgan, ammo keyinchalik bu fikrdan qaytgan edi.
Biroq jurnalist Serxio Valentin maʼlum qilishicha, Rodrini “Real”ga olib kelishni shaxsan jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo istamoqda.
Manbaga koʻra, yarim himoyachining oʻzi ham “Real” safiga qoʻshilishni xohlaydi.
Jurnalistning taʼkidlashicha, “Real” rahbariyati Mourinorning iltimosiga ijobiy javob bergan va jahon chempionati yakunlangandan keyin Rodrini sotib olishga urinishga vaʼda bergan.

Fikrlar