"Real" Rodrigning transferi bo‘yicha qarorini e’lon qildi

  • 20.07.2026 21:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur futbol insayderi Fabrizio Romano "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining "Real"ga ehtimoliy transferi yuzasidan madridliklarning pozitsiyasi haqida ma'lumot berdi.

Uning ta'kidlashicha, "Real" joriy transfer oynasidan foydalanib, Rodrini sotib olishni rejalashtirayotgani yo'q. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar hozircha to'xtatilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Rodrining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Rodri "Jahon chempionati–2026"da ajoyib o'yin namoyish etdi va Ispaniya terma jamoasining musobaqada g'olib chiqishiga katta hissa qo'shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!