
“Real” va “Barsa” bir yulduzni talashmoqda
“Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretska La Liganing ikki grandi- “Real” va “Barsa” o‘rtasida talash bo‘lmoqda.
Ispaniya klublari Leon Goretska atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozir myunxenliklar 26 yoshli yarim himoyachi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Biroq, tomonlar kelisha olgani yo‘q.
Odatda, “Bavariya” rahbariyati katta maosh talab qilgan futbolchilarni jamoada qoldirmaydi. Bunga David Alabani misol qilish mumkin. Katta maosh so‘ragan Kingsli Koman ham o‘ziga yangi jamoa qidiryapti.
Agar “Bavariya” Goretskani yangi bitimga ko‘ndira olmasa, yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Kelasi yili shartnomasi tugaydigan futbolchi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar