
“Real” Vinisius bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
“Real” xo‘jayinlarining braziliyalik hujumchi Vinisius Junior kelajagi bo‘yicha fikri bir necha marotaba o‘zgardi.
Madridliklarda hujumchining tartib-intizomi va o‘zini tutishiga ko‘p e’tiroz bo‘lgan. Kilian Mbappe jamoaga kelishi aniqlashib qolgan davrda Vinisiusni sotib yuborish masalasi ham ko‘tarilgan edi.
Jamoaga frantsiyalik to‘purar kelgan bo‘lsa-da, braziliyalik yulduz ham gol urish bobida undan qolishmasligi, jamoada o‘z o‘rni borligini isbotlay oldi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Vinisiusni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. Rahbariyati 2025 yilning yozida o‘yinchi bilan yangi bitim masalasida muzokara o‘tkazadigan bo‘lyapti.
Vinisiusning hozirgi shartnomasi 20 yilning yozigacha tuzilgan. Saudiya Arabistoni klublari uni har qanday mablag‘ evaziga o‘z safiga qo‘shib olishga urinyapti. “Real” mutasaddilari yangi shartnoma orqali Vinisiusni Madridda yana uzoq vaqt qolishini ta’kinlashni rejalashtirgan.
Fikrlar
Real taminlashi yoki takidlashi mumkin ammo takinlamaydi