“Real” Vinisius masalasini hal qildi

  • 16 fevral, 13:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” braziliyalik yulduz Vinisius Junior masalasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni 2030 yilning yarmigacha uzaytirishga kelishib olgan va rasmiy hujjat tez orada imzolanishi kutilmoqda.

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni klublari 24 yoshli futbolchiga aqlbovar qilmas maoshlar taklif qila boshlaganidan keyin “Qirollik klubi” vaziyatni barqaror ushlab qolish uchun Vinisius bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qilgandi.

Braziliyalik o‘yinchi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan amaldagi shartnomasini uzaytirish uchun katta miqdorda maosh talab qilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Hujumchining hozirgi maoshi har mavsum uchun bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 15 million evroni tashkil qiladi.

Vinisiusning agentlari madridliklardan bu summani kamida 25 million evroga ko‘tarishni so‘ragan edi. Saudiyaliklar esa, “Real” yulduziga umumiy bir milliard evro maosh ko‘rsatilgan besh yillik shartnoma taklif qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!