"Real" Vinisiusni 160 million evrodan arzonga sotmaydi
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yarimhimoyachisi, qanot hujumchisi Vinisius Zhunior uchun 160 million yevro miqdorida transfer narxini belgiladi. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallanganiga qaramasdan, klub uni ancha yuqori baholamoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 160 million yevrodan kam takliflar «Real» rahbariyati tomonidan umuman ko‘rib chiqilmaydi. Xabarda ta’kidlanishicha, madridliklar ushbu summaga Vinisiusning gollari, samaradorligi va so‘nggi yillarda jamoa qo‘lga kiritgan sovrinlarga qo‘shgan hissasini ham qo‘shib hisoblagan.
Manba «Arsenal» klubining braziliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini tasdiqlagan, biroq hozircha ikki jamoa o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagani qayd etilgan. London klubi faol harakatga faqat bitta shart bilan o‘tadi: agar Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirmasligi aniq bo‘lsa.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Madrid XX asrning eng yaxshi klubi sifatida tan olingan bo‘lib, bu unvonga jamoaning Yevropa va ichki musobaqalardagi ko‘plab yutuqlari asos bo‘lgan.

Fikrlar