"Real" xavbeki Madridga qaytmoqchi emas

  • 26 iyun, 2020, 16:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" safida ijara asosida to‘p surayotgan "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha variantlar bor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Kelajagimga o‘zim xo‘jayinman. Yangi mavsumda ko‘proq maydonda bo‘lishni xohlayman, biroq bu xohishim "Real"da amalga oshmasligi mumkin.

Zidan bilan qayta ishlashni xohlaymanmi? Joriy mavsum boshida u tajriba olishim uchun Madriddan ketishim kerakligini aytdi. U barchasini ochiqchasiga gapirdi, shunday ekan undan ranjishga asos yo‘q.

Menda yana bir qancha variantlar bor, "Betis" ularning biri, shuningdek APLda qolishim ham mumkin. Men hech bir klub uchun eshiklarimni yopmayman", - deydi Sebalos.

"Real" ixtiyoriga 2017 yil kelib qo‘shilgan Sebalos joriy mavsumda "Arsenal" libosida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!