“Real” yangi darvozabon topdi

  • 23 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Asosiy darvozabon Tibo Kurtua uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin “Real” uning o‘rniga munosib o‘rinbosar topishga qiynaldi.

Tecno

Natijada madridliklar “Chelsi”dan Kepa Arrisabalagani ijaraga oldi. Garchi ispaniyalik darvozabon “Real”da qolish istagini bildirgan bo‘lsa-da, uning mahorati “Qirollik klubi” rahbariyatiga unchalik ma’qul kelgani yo‘q.

Endi madridliklar “Las-Palmas” darvozasini qo‘riqlayotgan Alvaro Valesga e’tibor qaratmoqda.

26 yoshli golgiper joriy mavsum kashfiyotlaridan bo‘ldi. Alvaro himoyasi nisbatan zaif jamoada o‘ynayotganiga qaramay, to‘qqizta uchrashuvdan uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

“Las-Palmas”da 2019 yildan beri o‘ynayotgan Valesning klub bilan shartnomasi yozda tugaydi. “Real” bu futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!