
“Real” yozda transfer bozorini yondirmoqchi
Joriy mavsumda Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi chempionligi unvonini boy bergan “Real” yozda katta transferlarni amalga oshirishi haqida xabarlar chiqa boshladi.
Ispaniyaning AS nashriga ko‘ra, madridliklar bilinchi navbatda Karim Benzemaning o‘rnini munosib bosa oladigan hujumchi oladi.
Shuningdek, klub mutasaddilari asosiy posbon Tibo Kurtua bilan raqobatlasha oladigan tajribali darvozabon qidirmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Real” murabbiylar shtabi rahbariyatdan har ikki qanotga tezkor himoyachi, va maydon markazini kuchaytira oladigan ikki nafar yarim himoyachi olib berishni so‘ramoqda.
“Qirollik klubi” muzokara o‘tkazmoqchi bo‘layotgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Alfonso Devis, Jud Bellingem, Ris Jeyms, Dushan Vlaxovich, Viktor Osimxen hamda Randal Kolo-Muani kabi o‘yinchilar madridliklar nishonida turibdi.
Fikrlar