"Real" yulduzidan yuz oʻgirishdi
Amsterdamning «Ayaks» klubi erkin agent maqomiga ega bo‘lgan «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Daniel Sebalyos bilan hamkorlik yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatdi.
Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, niderlandiyaliklar futbolchini qo‘lga kiritishga avval ham urinishgan. Hatto Sebalyos «Real» tarkibida o‘ynab yurgan paytlardayoq madridliklar bilan bevosita muloqot qilingan.
Biroq bu safar ham tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va «Ayaks» transfer ustidagi ishlarni to‘xtatish qarorini qabul qildi. Manbalarga ko‘ra, futbolchini Erediviziya jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati yetarlicha qiziqtirmagan.
Daniel Sebalyos 2017 yildan 2026 yilgacha Madriddning «Real» klubi futbolchisi sifatida qayd etilgan. U jamoa tarkibida 215 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan: uch martadan Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi, ikki marta UEFA Superkubogi, ikki bor Ispaniya chempioni, bir marta mamlakat kubogi va uch marta Superkubogi, shuningdek, FIFAning qit’alararo kubogini yutib olgan.

Fikrlar