“Real” yulduziga besh klubdan chorlov bor
Germaniyalik markaziy himoyachi Antonio Ryudigerning “Real” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. 2026 yilning 30 iyun kuni tajribali futbolchi erkin agentga aylanishi bois, yanvar oyidayoq boshqa klublar bilan dastlabki kelishuvni imzolashi mumkin.
“Qirolik klubi” Ryudiger borasida hali yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Ular vaziyatga qarab ish tutmoqchi va mavsum oxiriga qadar himoyachiga yangi bitim taklif qilinishi ehtimoli bor.
Shu bilan birga Ryudigerga boshqa klublardan chorlov bo‘lyapti. AS nashri xabarga ko‘ra, Ryudiger atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan klublar orasida “Galatasaroy”, PSJ va “Chelsi” ham bor.
Ryudiger 2017-2022 yillar davomida “Chelsi”da to‘p tepgani bois “aristokratlar” uning yana Londonga kelishiga umid bog‘lagan.
Bundan tashqari, 32 yoshli Ryudiger Saudiya Arabistonining “An-Nasr” va “Al-Hilol” klublari diqqat markazida turibdi. Transfermarkt portali Antonio Ryudigerning bozor qiymatini 12 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar