“Real” – yig‘loqi va bahonachi jamoa!

  • 23 fevral, 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” Ispaniya chempionatidagi hakamlik borasida juda ko‘p shikoyat qilishini inobatga olib, bu jamoani keskin tanqid qildi.

- O‘tgan haftalar davomida hakamlik bilan bog‘liq ko‘p bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Madridning “Real” klubi va ularning televideniesi bu mavzularga alohida to‘xtalib, yolg‘on tasavvurni shakllantirmoqda va bu orqali butun futbolni shubha ostida qoldiryapti.

Alida barcha klublar ham hakamlikdan shikoyat qilishi mumkin, lekin “Qirollik klubi” bu masalaga ortiqcha e’tibor qaratadi.

Men yig‘loqi klubga aylanib qolgan “Real”ning bu xatti-harakatlarni yoqlamaydigan juda ko‘p madridliklarni bilaman. Ishoning, “Real” oldindagi uchrashuvlardan keyin ham, hatto kelasi haftalardagi o‘yinlardan keyin ham yig‘lashda va atrofdagilarni o‘zlariga nisbatan fitnaja ayblo‘ashda davom etaveradi, - dedi Xaver Tebas.

Yaqinda “Real” rahbariyati Ispaniya chempionatida o‘zlariga nisbatan noxolis hakamlik bo‘layotgani tufayli jamoa  boshqa ligaga o‘tib ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqarilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!