“Real”da katta yo‘qotish

  • 1 sentabr, 2023, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning asosiy hujumchisi Vinisius Junior xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Braziliyalik hujumchi “Selta”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda son qismidan jarohat olgan edi. Chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlarning natijasi murabbiylar shtabi vakillarining boshini qotirib qo‘ydi.

Jarohat kutilganidan ancha jiddiy bo‘lib chiqdi va futbolchi kamida olti hafta atrofida maydonga tusha olmaydi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda uchta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!