
"Real"da navbatdagi jarohat
"Real" Madrid klubi yana muammolar girdobiga tushib qoldi.
"Qirollik klubi" rasmiy saytining ma’lum qilishicha, jamoaning asosiy tarkib futbolchisi Dani Karvaxal tizzasidan jarohat olib, safdan chiqdi. Hozircha uning qaysi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi aniq emas.
Avvalroq Toni Kroos, Eder Militao hamda Eden Azar kabi futbolchilarning ham jarohat olganligi xabar berilgandi.
Fikrlar