“Real”dan ketaman!
Madridning “Real” klubi qanot himoyachisi Fran Garsiya mavsum tugagach, jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshlandi.
Xususan, taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konur ham bu ma'lumotlarni tasdiqladi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, yanvar oyida “Real” mutasaddilari o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida yurgan Garsiyaning “Bornmut”ga ijara asosida o‘tishini bloklagan.
Shunga qaramay, Fran Garsiya yozgi transferlar oynasi davrida yana Madriddan ketishga urinib ko‘radi.
Ta'kidlanishicha, himoyachi va uning agentlari Angliya Premier-ligasidagi klublardan biriga o‘tish imkoniyatini o‘rganmoqda. Biroq Mending jiddiy jarohati Garsiyaning “Real”dagi vaziyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Ushbu mavsumda 26 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Garsiyaning «Real» bilan mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 12 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar