
“Real”ga hujumchi kerak emas!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning asosiy hujumchisi Vinisius Junior jarohat olganiga qaramay, klub yangi hujumchi xarid qilmasligini bildirdi.
- Vinisiusning jarohati tufayli bizga yangi hujumchi kerakmi? Yo‘q, hujum chizig‘imiz to‘liq shakllangan va yopilgan. Statistikaga qarab o‘zingiz baholashingiz mumkin. Biz Karim Benzema va Vinisiussiz oltita gol urishni uddaladik. Demak, oldingi chiziqdagi resurslarimiz etarli darajada.
Tarkib to‘liq shakllangan. Biz Benzema, Vinisius, Kurtua va Militaosiz ham g‘alaba qozona olamiz. Bu tarkibimiz yaxshi shakllantirilganidan dalolat beradi. Yigitlarning bari ishonchli oqlayapti, - dedi Karlo Anchelotti.
“Qirollik klubi” futbolchilar La Liganing dastlabki turidagi uchala uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi va o‘yinlarda raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol qilib, atigi bitta gol o‘tkazdi.
Fikrlar