
"Real"ga Klopp emas, boshqa murabbiy keladi
Yurgen Klopp keyingi mavsumda "Real"ni boshqarmaydi. Yaqinda, "Liverpulm"ning sobiq bosh murabbiyi "Red Bull"dagi futbol yo‘nalishi rahbari lavozimidagi rolidan qoniqmayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
- Yurgen "Red Bull"dagi yangi vazifasidan juda mamnun, - dedi Kloppning agenti Mark Kositske "Sky" telekanaliga bergan intervyusida.
"Sky" jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, Kloppga nisbatan yirik klublar va bir necha federatsiyalar tomonidan qiziqish saqlanib qolmoqda. Biroq, mutaxassis keyingi mavsumda - hatto "Real" yoki Braziliya terma jamoasida ham murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmayapti.
Ta’kidlanishicha, "Bayer"dan Xabi Alonso hamon Madrid klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar