
Reshford: "Ro‘yxatdan o‘tishdan xavotir olmayapman"
"Manchester Yunayted"dan Ispaniyaning "Barselona" klubiga ko‘chib o‘tgan Markus Reshford yangi mavsumda La Ligada ro‘yxatdan o‘tish xaqida gapirdi.
"Ro‘yxatdan o‘tishmi?
"Bu xaqida tashvishlanmayapman. Men jamoaga to‘liq ishonch bildiraman. Xozirda bor e’tiborimni mavsumga tayyorgarlikka qaratganman.
Biz yangi mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. O‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazishdi, ammo bu mavsumda natijani yanada yaxshilaymiz",- deydi angliyalik xujumchi.
Eslatib o‘tamiz Kataloniya klubi Reshfordni sotib olish xuquqi bilan MYudan ijaraga olgan. Forvard o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini xam ijara asosida "Aston Villa"da o‘tkazgan edi.
Fikrlar