
Reshfordga superklub xaridor
PSJ rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni qo‘shib olish uchun yana harakatlarni boshlab yubordi.
TEAMtalk nashrining yozishicha, parijliklar 26 yoshli qanot hujumchisi transferini 2025 yilning yozida amalga oshirmoqchi.
O‘tgan yoz ham PSJ bu o‘yinchini so‘rab, manchesterliklar murojaat qilgan edi. Biroq “Yunayted” mutasaddilari transfer uchun 120 million evro talab qilgani PSJga to‘g‘ri kelmadi.
Reshford klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2016 yildan beri asosiy tarkibda to‘p tepib kelmoqda.
Keyingi bir necha mavsumda uning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Ekspertlar Markusga muhitni o‘zgartirib, o‘yinini tiklab olishni tavsiya qilyapti.
Fikrlar