Reshfordga xaridor topildi
Markus Reshfordning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi hali ham noaniq. "The Sun" nashrining xabariga ko‘ra, "Nyukasl" hujumchiga qiziqish bildirmoqda.
Reshfordning o‘zi avvalroq "Barselona"ga o‘tishni o‘ylagan edi, ammo ispan klubi transfer uchun harakat qilmadi. Manbaning xabariga ko‘ra, "Nyukasl", forvardga jamoadagi barqaror rol va unga mos keladigan sharoitlarni taklif qilishga tayyor.
"Qizil iblislar" rahbariyati endi angliyalikni jamoaning doimiy o‘yinchisi sifatida ko‘rmayapti va muzokaralarga ochiq. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar tuzilgan va uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar