Rim. Jokovichning finaldagi raqibi ma’lum

  • 21 sentabr, 2020, 02:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Rimda o‘tayotgan "Masters" turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Bugun erkaklar o‘rtasida ikkinchi finalchi nomi ham aniqlandi. Denis Shapovalov hamda Diego Shvartsman o‘rtasidagi bahs dramatik tarzda yakunlandi. Dastlab, Shvartsman ilk setni 6:4 hisobida o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi set Shapovalov foydasiga hal bo‘ldi. Hal qiluvchi 3-setda raketka ustalari tay-brekkacha kuch sinashdi.

Tennis lotereyasida Shvartsmanning asablari kuchlilik qildi va argentinalik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u 21 sentyabr kuni Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!