Roberto Karbales-Baena ilk sovrinini Kitoda yutib oldi

Kito shahrida o‘tkazilgan “Ecuador Open – 2018” turnirining final uchrashuvida ispaniyalik Roberto Karbales-Baena va Albert Ramos o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqaning bosh sovrini uchun o‘tgan uchrashuvda Roberto raqibini  6:3, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Ekvadorda o‘tkazilgan turnirda Karbalesa-Baena faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. Shunigdek, u 89.435 AQSh dollari va 250 reyting ochkosini ham ishlab oldi.

Sport.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!