Rodri "Barsa"ning cho'ntagiga to'g'ri kelmadi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri atrofidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti – uni yana «Real» va «Barselona» bilan bog‘lashmoqda.
Cadena COPE ma’lumoticha, yoz boshida kataloniyaliklar Rodrini 60 million yevro evaziga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Biroq 30 yoshli futbolchining maosh borasidagi talabi «Barselona» uchun juda og‘ir kelgan – klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun bunaqa shartga borolmagan.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar Rodri bilan «Real» o‘rtasida ma’lum kelishuv borligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lgan, jamoaning markaziy chizig‘i esa shundoq ham yetarlicha to‘ldirilgan edi.
Natijada «Barselona» o‘sha paytda Rodri variantidan voz kechib, e’tiborini hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaratdi. Hozir esa kataloniyaliklar yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda.

Fikrlar