Rodri kelishuvga ko‘ndi

  • 03.08.2026 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqida insayder Serxio Valentin xabar bermoqda.

Madrid klubi futbolchini sotib olish g‘oyasidan voz kechmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» Rodri uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor.

Avvalroq Rodrining o‘zi ham «Real»ga o‘tish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolash taklifini rad etgan.

Shuningdek, 30 yoshli futbolchiga PSJ va "Barselona" ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Ammo 2024 yildagi «Oltin to‘p sohibi» har ikkala chempion jamoaga rad javobini berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!