Rodridan yuz oʻgirishdi

  • 06.06.2026 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Rodri Ernandesni uzoq muddatdan beri o‘z tarkibida ko‘rishni istagan “Qirollik klubi” rahbariyati bu transferga qo‘l urmaydigan bo‘ldi.

Gap shundaki, klub xo‘jayini Florentino Peres tajribali yarim himoyasini jamoaga olib kelish fikridan qaytgan.

Bu haqida jurnalist Matteo Moretto Marca nashri uchun bergan intervyusida ma’lum qildi.

- Menga aytishlaricha, “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lgan. “Siti”da “Real” Rodrini sotib olmoqchi emasligini yaxshi bilishadi. Menga aytishlaricha, Florentino Peres Rodrini transfer qilishni istamaydi va hozircha bu masalada hech qanday siljish yo‘q, - dedi Moretto.

O‘tgan mavsumda Rodri barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan. Uning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!