Rojer Federer g‘alaba uchun ancha ter to‘kdi
AQShning Nyu-York shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining uchinchi bosqichida shveytsariyalik tennischi Rojer Federer g‘alaba qozondi.
Rojer mazkur bosqichda britaniyalik Deniel Evansga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Federer Amerika ochiq chempionatining to‘rtinchi davrasida belgiyalik David Goffin yoki ispaniyalik Pablo Karreno-Busta bilan raqobatlashadi.


Fikrlar