"Rolan Garros-2019": Eshli Barti ikkinchi yarim finalchi

  • 6 iyun, 2019, 18:02
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Jahonning sakkizinchi raqamli raketkasi avstraliyalik Eshli Barti "Rolan Garros-2019"da yarim final final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Barti chorak finalda amerikalik Medison Kizga qarshi bahs o‘tkazdi. 

2 set davom etgan to‘qnashuvda 6:3 va 7:5 hisoblari qayd etildi. O‘yin 1 soat 9 daqiqa davom etib, unda Barti 4 bor eys zarbasini amalga oshirdi. Medisonda esa bu ko‘rsatkich 8 ga teng. Bu o‘yindan keyin Eshli o‘zaro qarama-qarshiliklar bo‘yicha hisob-kitobni 3:1 ko‘rnishiga keltirdi. 

Avstraliyalik tennischi yarim finalda Simona Xalepni musobaqadan chiqarib yuborgan boshqa bir amerikalik Amanda Anasimovaga qarshi kortga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!