"Roma"ning yangi murabbiyi aniq

  • 18.09.2024 16:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

"Roma" avvalroq Daniele de Rossini o‘z lavozimidan ozod qildi. Klubning yangi ustozi ma’lum, deya xabar bermoqda insayder Di Martsio. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Italiya futboliga yaqin mutaxassis Ivan Jurich rimliklar bilan kelishib oldi. Tez orada xorvatiyalik murabbiy jamoada ish boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Jurich bundan oldin "Jenoa", "Verona" va "Krotone" kabi klublarda ishlagan. Shuningdek, so‘nggi marta "Torino"ga ustozlik qildi. Ivan shu yilning yozida jamoani tark etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
18/09/2024 17:18
Элдор учун яхши тренер, биринчи устози Италиядаги!