Ronaldу Evropa klubiga oʻtadi

  • 17.06.2026 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning yaqin yillarga mo‘ljallangan rejalari ma’lum bo‘ldi. TVI Portugal tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi o‘zining keyingi faoliyati borasida qaror qabul qilgan. 

Manbaga ko‘ra, 2026 yildagi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng Ronaldu milliy jamoa safidagi o‘yinlariga nuqta qo‘yadi.

Shuningdek, portugalialik yulduz shundan keyin Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida yana bir mavsum qolishi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Shundan so‘ng Ronaldu yana Yevropa futboliga qaytishni rejalashtirgan. Manba ma’lumoticha, afsonaviy forvard oxirgi mavsumini Yevropaning bir klubida o‘tkazishni va 2028 yilda, 43 yoshida professional faoliyatini yakunlashni niyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Krishtianu Ronaldu 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Portugaliya terma jamoasi ixtiyorida. U uchun bu musobaqa faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘lib, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasi "K" guruhida Kongo Demokratik Respublikasi, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!