Ronaldu “An-Nasr” borasida pushaymonligini bildirdi

  • 12 dekabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon futboli tarixida chuqur iz qoldirgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida baxtiyor ekanini ochiq tan oldi.

- “An-Nasr”da o‘zimni baxtiyor his qilyapman va bu buyuk klub bilan birga katta sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman.

Men “An-Nasr”ga avvalroq o‘tmaganidan qattiq pushaymonman. Lekin hozir shu erdaman va muvaffaqiyatga erishish uchun borimni berishga tayyorman, - dedi portugaliyalik yulduz.

Ronaldu “An-Nasr”da 2023 yilning boshidan to‘p tepmoqda. Hozirgacha 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

38 yoshli forvardning saudiyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!