
Ronaldu Messini kutyapti
Jahon futboli ishqibozlari yana Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini bir ligada ko‘rishi mumkin.
Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” MLS plef-off bosqichiga chiqish imkoniyatini boy berdi. Endi argentinalik yulduz kelasi mavsum boshlangunga qadar o‘yin amaliyotisiz qolib ketadi.
Rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmaslik har qanday futbolchining jismoniy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Yuzaga kelgan vaziyatdan Saudiya Arabistoni klublari foydalanib qolmoqchi.
Saudiyaliklar Messini AQSh chempionatining keyingi mavsumi boshlanguniga qadar ijaraga olmoqchi. Bu haqda taniqlik jurnalist Rudi Galletti xabar berdi.
AQSh ligasining keyingi mavsumi kelasi yilning fevral-mart oylarida boshlanadi. Saudiyaliklar Messiga yaxshigina maosh taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari, “Inter Mayami2 ham ijara shartnomasidan mo‘may daromad qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Fikrlar