
Ronaldu “Real”dan xushxabar oldi
“Real”ni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xabi Alonso klub tarixida chuqur iz qoldirgan Krishtianu Ronalduning qisqa muddatga Madridga qaytishiga qarshi emas.
El Gol Digital nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis “Real” tarixidagi eng zo‘r to‘purarni bir oy davomida “Real”da o‘ynashini yoqlamoqda. Bu mutaxassis 40 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoaga yordam bera oladi, degan fikrni ilgari surmoqda.
Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish uchun muzokara o‘tkazayotgan edi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, ular hali bir to‘xtamga kelmadi.
FIFA yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan ishtirokchi klublarga yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olish imkonini berdi. Bir necha klublar ushbu musobaqada to‘p tepishni orzu qilayotgan portugaliyalik yulduzga imkon berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Fikrlar