Ronaldu yana muammolar girdobida

  • 18 oktabr, 2017, 09:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik aybi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov yuzasidan, soliq idorasi bilan kelishuvga erishishdan bosh tortdi.

Tecno

Ma’lumki, yozda Ispaniya prokuraturasi uni 2011-2014 yillarda olgan daromadini yashirish oqibatida, jami 14,7 million evro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblagan edi.

El Mundo xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi o‘zining mutlaqo aybsiz ekaniga ishonchi komil.

Yaqinda u advokatlarini ham almashtirdi. Yangi huquqshunoslarning ta’kidlashicha, futbolchiga qo‘yilayotgan ayblovlar «asossiz, isbotsiz va qonunga ziddir».

Endi Ronalduning aybi sudda isbotlansa, unga haqiqiy qamoq jazosi xavf solishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!