Ronalduni endi jahon chempionatlarida boshqa ko‘rmaymiz

  • 06.07.2026 09:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni joriy jahon chempionati unga alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

- Har bir lahzadan zavq olish kerak. Ha, bu mening so‘nggi jahon chempionatim bo‘ladi. Shu turnirdan maksimal darajada bahra olishni istayapman, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Pley-offning oldingi bosqichida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, mundialning 1/8 finaliga yo‘l olgan edi. Roberto Martines shogirdlarining navbatdagi raqibi Ispaniya terma jamoasi bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldo argentinalik Lionel Messi va meksikalik darvozabon Gilyermo Ochoa singari oltita jahon chempionatida ishtirok etib, rekord o‘rnatgan futbolchilardan hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!