Ronalduning jami sovrinlari nechta bo‘ldi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi bilan birga Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. Portugaliyalik uchun bu faoliyatidagi 35-sovrin sifatida qayd etildi.
Ronaldu ilk yutug‘ini o‘zini tarbiyalagan klub “Sporting”da qo‘lga kiritgan. Keyinchalik Manchester Yunayted”da o‘ynab, jami to‘qqizta sovrin egasi bo‘lgan.
Krishtianuning hisobiga 15 ta sovrin Madriddning “Real” klubidan, yana beshtasi esa “Yuventus”dagi g‘alabalaridan keyin qo‘shilgan. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xalqaro maydonda uchta nufuzli musobaqada g‘olib chiqqan.
Nihoyat, uch yillik urinishdan keyin 41 yoshli yulduz “An-Nasr” bilan ikkinchi sovriniga ega chiqdi.
Taqqoslash uchun: dunyodagi eng sovrin yutgan futbolchi Lionel Messi bo‘lib, uning hisobida 45 ta chempionlik bor. Kuchli uchlikka braziliyalik Dani Alves (41) va Markinyos (40) ham kiradi. Misrlik Hassan va ispaniyalik Serxio Busketsda esa 39 tadan sovrin mavjud.

Fikrlar