Ronalduning o‘g‘li terma jamoaga sovrin olib berdi

  • 19 may, 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li ham xalqaro maydonda o‘z nomini tanita boshladi.

Xorvatiyada tashkil etilgan xalqaro turnirda qatnashish uchun Portugaliya U-15 terma jamoasiga jalb etilgan kichik Ronaldu ilk gollarini urdi.

14 yoshli iqtidorli futbolchi xalqaro turnir finalida mezbonlar – Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga ikkita to‘p kiritib, portugaliyaliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ta’kidlash joizki, kichik Ronalduning xalqaro turnirdagi ishtiroki Evropaning yigirmaga yaqin klublari e’tiborini tortdi. Bu klublar o‘z skautlarini Xorvatiyaga jo‘natib, yosh o‘yinchining harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatishni topshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mannonov Dilshod
19/05/2025 11:34
Дадасини йулини берсин. Бу хам катта уйинларда узини курсатибди.