"Rostov" nazorat uchrashuvida SKAni engdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Rostov” bugun SKA jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuv taqdirini Ivelin Popov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Ushbu golga Pavel Mamaev assistentlik qildi. Afsuski, rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodovning golsiz seriyasi yana davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” yangi mavsumdagi ilk bahsni 8 avgust kuni “Tambov”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar