Ro‘ziqul Berdiev diskvalifikatsiya qilindi
Coca Cola Superliga 21-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa futbolchisi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev maydondan chetlatilgan edi. O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi ushbu holatni ko‘rib chiqdi.
PFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiev ushbu xatti-harakatlari uchun 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va moddiy jarimaga tortildi. Bunday holat yana takrorlansa, murabbiyga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.



Fikrlar