Rustam Qurbonov lavozimidan ketdi

  Bu haqda "Kun.uz" sayti ma’lum qildi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etiladi. Kun.uz manbasi ma’lumot berishicha, prezidentning tegishli farmoni imzolangan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketgan. U 2017 yil fevralida yangi tashkil qilingan qo‘mitaga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Endi uning o‘rniga yangi tuzilgan vazirlikka O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FF ning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!