"Salernitana" - Shomurodovning sevimli klubi
A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Kalyari" - "Salernitana" uchrashuvida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yinni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov ikki bora salernoliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
So‘nggi bir yil ichida Shomurodov "Salernitana" bilan 3 bora to‘qnash kelgan va 3 ta gol urib, 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
2023 yil 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsida Shomurodov 70-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golni urgan. Bu uning jamoadagi debyut goli bo‘lgandi.

Hamyurtimiz 2023 yil 23 oktyabrda o‘tkazilgan "Salernitana" - "Kalyari" uchrashuvining 88-daqiqasida Violaning goliga assistentlik qilgandi. O‘shanda tomonlar durangga imzo chekkan.

2024 yil 9 mart kuni Shomurodov yana "Salernitana"ga qarshi o‘ynadi. Bu safar u dublni rasmiylashtirib, jamoasining muhim g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, "Salernitana" 28 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, lekin "Kalyari" hujumchimizni qo‘yib yubormadi va mavsum so‘nggigacha qolishini istadi. Bu transferga "Roma" ham rozi bo‘lgandi.
Shomurodovning transfer huquqi hali ham rimliklarga tegishli bo‘lib, uning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Yaqindagina o‘z murabbiyini almashtirgan "Roma" tarkibiga yozgi transferlar oynasida Eldor qaytishi mumkin.




Fikrlar
АЗМУР ЭЛДОР тандеми зур буларди
Осиё ёндирарди
АЗМУР ЭЛДОР тандеми зур буларди
Осиё ёндирарди